0‘simlikshunoslik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan
biri hisoblanadi. Uning asosiy obyekti tabiatda anorganik elementlardan organik moddalar yaratish xususiyatiga ega bo‘lgan yashil o ‘simliklardir. Odam yashil o‘simliklarni ekib o‘stirib, quyosh nurining kinetik energiyasini o ‘simliklar tarkibidagi organik moddalarning potensial energiyasiga aylantiradi.