Kitobxon diqqatiga havola etilayotgan ushbu o‘quv qo`llanma kadrlar xizmatida rasmiylashtiriladigan muhim ahamiyatga ega bo`lgan hujjatlar namunalariga ega. Hozirgi vaqtda bunday xizmatlarning ish hajmi sezilarli ortib ketgan. Bu mehnat shartnomalarini yozma ravishda tuzish zarurati, ishga kirishdan boshlab undan bo‘shaguncha bo`lgan mehnat munosabatlarining barcha bosqichlarida buyruqlarni tayyorlash bilan bog‘liq.