Mintaqaning geosiyosiy ahamiyatiga yangidan nazar tashlash. Bu erda uchta asosni qayd etib o’tish lozim. Birinchidan, Markaziy Osiyo XX asr oxirida qayta vujudga kelgan bo’lsada, lekin u xalqlar hamjamiyatida o’z o’rnini birinchi marta izlayotgan butunlay yangi geosiyosiy tuzilma emas. Uning Evrosiyodagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-tsivilizatsion ahamiyati, bu erdagi asosiy mintaqalar bilan yaqin aloqalari chuqur ildizlarga ega bo’lib, ularning zamirida strategik ahamiyatga molik. Markaziy Osiyoning hozirgi rivojlanish yo’llarini tushunib etish uchun uni tarixiy nuqtai nazardan tadqiq qilish juda muhimdir.
Ko'chirish: Xo`jamurotov BMI 2018.pdf 797.67 Kb